29 Mart 2025 yil
511
Sahna hayot ko‘zgusi
Qashqadaryo viloyati IIBda “Sahna hayot ko‘zgusi” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, viloyat Musiqali drama teatri xodimi ishtirok etdi. Uni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik G‘ulom Isamov ochdi. Kun tartibidagi mavzu yuzasidan viloyat Musiqali drama teatri xodimi Shodiya Xudoynazarova ma’ruza qildi.
Tadbirda boshqarma TQX Terrorizmga qarshi
kurashish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i mayor Firdavs Muxammadiyev hafta
mobaynida dunyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat yuzasidan ishtirokchilarga
ma’lumotlar berdi.