23 Dekabr 2023 yil 754

Sayyor qabulda muammolar yechim topmoqda

Fuqarolar kundalik hayoti, turmush tarzi va maishiy muammolarini o‘rganish hamda bandligini ta’minlash maqsadida mas`ul xodimi polkovnik  Ismoil Himmatov va Viloyat IIB JXX XPB boshlig’i polkovnik Ruslan Temirov  Kasbi tumani Nazartepa mahallasida joylashgan 42-sonli maktab binosida Sayyor qabul o‘tkazdi.

Jismoniy va yuridik shaxslar hamda tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilishda 42 nafar fuqarolar ishtirok etib, 23 nafari o’z muammolari yuzasidan murojaat qildi. Sayyor qabulda fuqarolardan tushgan murojaatlar ma’sul rahbarlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi. 8 ta fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi va 8 nafar murojaatlar qabul davomida ijobiy hal etildi.  Jumladan o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan 2 nafar ayolga subsidiya asosida tikuv mashinalari berilib murojaati ijobiy hal etildi. Qabul davomida ushbu 42-sonli maktab o’quvchilari orasidan fan olimpiadalariga borib yaxshi natijaga erishgan yoshlarni Viloyat IIB JXX XPB boshlig’i tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda

Text to speech