11 May 2022 yil 47

RULDА HUSHYORLIK MUHIM MАSАLА


Viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan joriy yilning toʼrt oyida avtoyoʼllarda 121656 ta qoidabuzarliklar aniqlangan boʼlib, qoidabuzarliklarning 52390 tasi qoʼpol turdagi qoidabuzarliklar tashkil etgan boʼlsa transport vositasini mast holda boshqarish bilan bogʼliq 1006 ta holatlar aniqlandi. Bundan tashqari tezlikni belgilangan meʼyordan oshirish, davlat raqam belgilarini yashirish, harakatlanishga qarama-qarshi yurish kabi bir qator qoidabuzarliklarga choralar koʼrilmoqda.
Shuningdek, viloyatda jinoyatchilikni oldini olish boʼyicha oʼtkazilayotgan qator profilaktik tadbirlarda 153 ta holatda oʼtkir tigʼli sovuq qurollar olib yurgan va 7 ta (bita) tayoq, shuningdek, boshqa sovuq qurollar transport vositalarining saloni koʼzdan kechirilish davomida aniqlanib, shahar-tuman IIBlariga chora koʼrishlik maqsadida topshirilgan. Bundan tashqari, viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda giyohavand moddalarni olib oʼtish, saqlash bilan bogʼliq 14 ta holatlar aniqlanib, jinoyatchilar tegrovga jalb etildi. Ushbu jarayonlarda 17 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.
Аmalga oshirilayotgan keng qamrovli tadbirlar va muntazam YPX maskanlarida 26 ta holatda noqonuniy metall aylanmasiga chek qoʼyilgan boʼlsa, boshqarma Karantin xizmati va viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʼlimi xodimlari bilan hamkorlikda 1750 kg isteʼmolga yaroqsiz goʼsht mahsulotlari toʼxtatib qolindi. Olingan goʼsht mahsulotlari viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi viloyat boʼlimida laboratoriya tekshiruvlaridan oʼtkazilganda, isteʼmolga yaroqsizligi tufayli tegishli mutaxassislarning xulosasiga asosan yoʼq qilindi.
Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB xamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda maqsadli rejalar asosida amalga oshirilayotgan bir qator vazifalar va keng qamrovli tadbirlar natijasi oʼlaroq, YTH sonining keskin kamayishiga erishildi. Natijada: odam oʼlimi bilan bogʼliq YTH lari 42.4 % ga tan jarohati bilan bogʼliq YTH esa 21.4 %ga kamayishiga erishildi.
Аyni kezlarda viloyat IIB JXX YHXB saf tuzilmalari tomonidan viloyat hududida yoʼllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash va yoʼl-transport hodisalarini oldini olish uchun qator profilaktik targʼibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech