3 Noyabr 2022 yil 2091

Ro‘yxatga olish va chiqarish tartibi o‘zgardi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 28-dekabrdagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 320-son qarori asosida respublikamiz hududida propiska tizimi bir qator soddalashtirildi. Unga ko‘ra, quyidagi tartiblar amalga kiritildi:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanadi;

Doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bir kun ichida rasmiylashtiriladi;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqish tartibi bekor qilindi;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga ro‘yxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilindi;

Harbiy xizmatga majburlarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda mudofaa ishlari bo‘limlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borish tartibi bekor qilindi;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etganda, uni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda uy-joy egasining roziligi talab etilmaydi.

Qarshi tuman IIB M va FRB

Text to speech