Respublika ishchi guruhning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo viloyati prokuraturasida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarni ilmiy yondashuv asosida o‘rganish, ularning asl sabablarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida o‘rganishlar olib borayotgan Respublika ishchi guruhning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda
Respublika ishchi guruhi vakillari va viloyat huquqni muhofaza qiluvchi
organlarning mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbirda
huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas’ullari va oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bilan har bir
hududning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda hududdagi jinoyat va huquqbuzarliklarni ilmiy
yondashuv asosida o‘rganish, ularning asl sabablarini aniqlash va sodir
etilganlarini fosh etish, “qizil” va “sariq”
toifadagi mahallalarni “yashil” toifaga o‘tkazish yuzasidan ishchi guruh
a’zolariga tegishli ko‘rsatma va yo‘riqnomalar berildi.
Bu boradagi ishlar joylarda davom ettirilmoqda.