9 Aprel 2024 yil 331

“Ramazon hayiti” namozi o‘qilishi munosabati bilan viloyatimiz hududidagi ayrim yo‘llarda transport vositalari harakat vaqtincha cheklanadi!

Hurmatli fuqarolar, harakat havfsizligini ta’minlash maqsadida umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari yoqasida joylashgan “Ramazon hayiti” namozi o‘qiladigan jo’me masjidlari atrofida 2024 yil 10 aprel kuni soat 02:00 dan 08:00 ga qadar vaqtincha transport vositalari harakati cheklanishini ma’lum qilamiz.

 ️Ushbu vaqtda aylanma yo‘llardan harakatlanishingizni, Jo’me masjidlariga kelgan fuqarolardan esa transport vositalarini boshqa harakat ishtirokchilariga xalal bermasligi uchun maxsus tashkil etilgan to‘xtash joylariga joylashtirishini so‘rab qolamiz.

 Barcha fuqarolarimizdan imkon qadar shaxsiy transport vositalaridan foydalanmagan holda, jamoat transportlaridan foydalanishlarini so‘rab qolamiz!

 Yaqin atrofidagi yo‘larda vaqtincha transport vositalari harakati cheklanadigan Jo’me masjidlar ro‘yxati haqida batafsil o‘qib tanishing!

 

Text to speech