8 Yanvar 2021 yil 698

QOZONGА YАQINLАSНSАNG...

Xalqimizda qozonga yaqinlashsang, qorasi yuqadi degan gap bor. Darhaqiqat bu ibora bejizga aytilmagan ekan. Jumladan, asli Qamashi tumanida tugʼilgan X.O. Qarshi tumanlik muqaddam sudlangan B.Z. bilan tanishdiyu boshi baloga qoldi.
2021 yil 05 yanvar kuni B.Z. sherigi X.O. bilan 5 (besh) dona “Spichki” yozuvli gugurt qutiga qadoqlangan 22 gram marixuana moddasini tadbirda xaridor sifatida ishtirok etayotgan fuqaroga 1.400.000 soʼmga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Gʼuzor tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech