29 Aprel 2020 yil 608

Qoʼshnisining uyiga oʼgʼirlikka tushgan shaxs ushlandi

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʼ tumani “Аygʼirkul” MFYda yashovchi U.S, I.G hamda M.M.lar Yakkabogʼ tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, arizalarida, 2020 yil               25 aprelь kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxs tomonidan ikki qavatli bino tagida ochiq joyda oʼrnatilgan narxi 500.000 soʼmdan boʼlgan jami uch dona “Shimge” rusumli suv tortish uchun moʼljallangan nasoslarini oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni Yakkabogʼ tumani Аygʼirkul MFYda yashovchi Z.Gʼ sodir etganligi aniqlanib ushlangan. 2020 yil 27 aprelь Yakkabogʼ tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Gʼ.Z.ga nisbatan OʼzR JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech