1 Iyun 2022 yil
596
“Qoradori-2022” tezkor tadbiri davomida “Kannabis” oʼsimligi topildi
2022 yil 27 may kuni mamlakatimizda oʼtkazilayotgan “Qoradori-2022” tezkor tadbiri davomida viloyat IIB va Koson tuman IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tadbirda uyida giyohvand oʼsimligini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi. Maʼlum boʼlishicha, Koson tumanida yashovchi shaxs hovlisida 4 tup “Kannabis” oʼsimligi ekkanligi izquvarlar tomonidan fosh etildi.
Holat yuzasidan Koson tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.