6 Fevral 2023 yil
532
Qisqa fursatda fosh etilgan jinoyat
Qarshi shahar “Xontepa” MFYda yashovchi X.F. 2023 yil 26 yanvar kuni viloyat IIB 102-tizimi orqali murojaat qilib, shu kuni soat 22:30larda uyiga ketayotganda o‘ziga tanish bo‘lmagan ikki nafar shaxs “POSO” rusumli telefon apparatini olib, qochib ketganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIOFMB 1-sonli IIB xodimlari olib borgan tezkor qidiruv ishlari davomida ushbu telefonni Qarshi shahar “Kamandi” MFY S.A va “Tabassum” MFYda yashovchi Sh.A. sodir etganligi aniqlandi
Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.