13 Iyul 2022 yil 468

Qimorbozlar qo‘lga tushdi

Qay makon va zamonda bo‘lmasin o‘zgalar mulkini o‘g‘irlash, tortib yoki aldab olish qoralangan. Qonunda bu toifa jinoyatlar uchun jazo chorasi ham belgilanganligini ko‘pchilik bilsa-da, o‘zgalar mulkini aldab yoki qimor o‘yinlari orqali olishga urinish holatlari jamiyatda hamon uchrab turibdi.

Qarshi tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” maxsus profilatik tadbiri davomida bir guruh qimorbozlar va ularga sharoit yaratib bergan shaxsning kirdikorlari fosh etildi. Jumladan, 2022 yil 10 iyul kuni tumanning “Xoniyon” MFYda yashovchi fuqaro J.U. o‘z uyida fuqarolar I.X., O.S., B.N., B.U., M.T., Y.A., D.S., D.O. va A.M.larning tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yini o‘ynashlari uchun sharoit yaratib bergani aniqlandi.

Voqea joyidan bir million ikki yuzi ellik ming so‘m miqdorda pul va 4 quti o‘yin kartalari tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirgi kunda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Text to speech