30 Yanvar 2023 yil
550
Qidiruvdagi shaxs ushlandi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Muborak tuman prokuraturasi tomonidan tergovga jalb etilgan Qarshi shahar, 4-mitti tumanda yashovchi P.B. yashirindi. Oqibtada unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
Muborak tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida qochoq 2023 yil 29 yanvar kuni Qarshi shahri hududidan ushlanib, VShga joylashtirildi.