7 Avgust 2023 yil
512
Qidiruv tadbiri natija berdi
Qarshi shahar, “Qilichbek Qo‘rg‘oncha” MFYda yashovchi X.SH. firibgarlik jinoyatini sodir etdi. Xatti-harakati uchun javob berishga to‘g‘ri kelganda qochishni afzal bildi. Natijada unga nisbatan Kasbi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan qidiruv e’lon qilindi.
Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida qochoq joriy yilning 5 avgust kuni Toshkent shahar hududidan ushlanib, tergov organlariga joylashtirildi.