7 May 2020 yil 813

Qashqadaryoda plastik kartadan pul oʼmargan oʼgʼri qoʼlga olindi

2020 yil 02-may kuni Koson tumani IIBga, Koson tumani “Ravot” MFYda yashovchi fuqaro T.D. ariza bilan murojaat qilib, arizasida nomaʼlum shaxslar 2020 yilning mart va aprelь oyida voyaga yetmagan farzandining 2 yosh nafaqa puli tushirilgan oʼzining nomidagi АT Xalq banki tomonidan berilgan plastik kartochkasining xisob raqamida boʼlgan jami 1.448.300 soʼm pullarini yashirin ravishda kompьyuter tizimiga uning ruxsatisiz kirib oʼgʼirlik yoʼli bilan talon-toroj qilganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu oʼgʼirlik jinoyatini Koson tumani “Regzor” MFYda yashovchi B.B. tomonidan “Click” xizmati orqali kompьyuter tizimiga ruxsatsiz kirib sodir etganligi aniqlangan. Koson tuman IIB huzuridagi TB tomonidan B.B.ga nisbatan  Oʼz.R JKning 169-m. 3-q “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech