12 May 2020 yil 1041

Qashqadaryoda fohishaxona tashkil qilganlar qoʼlga tushdi

2020 yil 06 may kuni Kasbi tuman IIBga kelib tushgan xabarga koʼra, shu kuni soat 15:00 larda Kasbi tumani Toshqoʼrgʼon qishlogʼida yashovchi B.Oʼ. oʼz yashash uyida Kasbi tumani Zumrad qishlogʼida yashovchi А.J. va Qarshi shahar “Kunchiqar” MFYda yashovchi Sh.N. bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, evaziga J.Аbdurasulovdan 50.000 soʼm pul olganligi TIIB xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda xujjatlashtirilib olingan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan Oʼ.B.ga nisbatan Oʼz.Res JKning 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech