Qashqadaryoda 20 nafar yosh ekopatrul guruhi shakllantirildi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 4 mart kuni oliy oʼquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʼyicha ustuvor vazifalarga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishida berilgan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga Qarshi Davlat universitetidan 20 nafar yosh ekopatrul guruhi shakllantirilganligi munosabati bilan tadbir oʼtkazildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari, Qarshi Davlat universiteti oʼqituvchi va talabalari, Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, Milliy gvardiya xodimlari hamda OАV vakillari ishtirok etishdi.
Qashqadaryo viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʼi talabalarga yosh ekopatrul bejigi topshirildi.
Boshqarma hududida tadbir ishtirokchilari bilan birgalikda manzarali daraxt koʼchatlari ekildi.
Maʼsul xodimlar tomonidan yosh ekopatrul guruhi aʼzolariga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.
Tadbir soʼngida har bir ekovalontyorlar Ekologiya, IIB hamda Milliy gvardiya xodimlariga biriktirilib, reyd oʼtkazishga start berildi.