6 May 2020 yil
724
Qashqadaryo viloyatida yana bir oʼgʼrilik jinoyati ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorligi sabab fosh etildi
2020 yil 03 may kuni Qarshi shahar 4-sonli IIBga tushgan xabarga koʼra, Koson tumani Guvalak qishlogʼida yashovchi R.H. oʼzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida, shu kuni soat 12:00 larda, Qarshi shahar “Аrabxona” MFYda yashovchi Yo.I.ni yashash uyi oldida bogʼliq xolda turgan ikki bosh qoʼylarini yashirin ravishda talon-taroj qilib hodisa joyidan yashiringan. Qarshi shahar 4-sonli IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, ushbu oʼgʼirlik jinoyati H.R. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar
4-sonli IIB TB tomonidan H.R.ga nisbatan Oʼz.Res JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.