27 Aprel 2020 yil
749
Qashqadaryo viloyatida fohishalik bilan shugʼullanayotgan fuqarolar aniqlandi
2020 yil 22 aprelь kuni Shahrisabz tuman IIBga tushgan habarga koʼra, Shahrisabz tuman Аchchigʼi MFYda yashovchi S.F.ning TIIB boshligʼi nomiga bildirgisi yuzasidan Shahrisabz tuman Xitoy MFY Shurji qishlogʼida yashovchi “Qatagʼon agrosanoat kasb-hunar” kollejida qorovul fuqaro S.H. “Qatagʼon agrosanoat kasb-hunar” kolleji oʼquv xonasida, Shahrisabz shahar Sariosiyo MFYda yashovchi А.I. va Kitob tumani Sevaz MFY Sariosiyo qishlogʼida yashovchi А.D.larni jinsiy aloqa qilishlari uchun 50.000 soʼm evaziga sharoit yaratib berib, qoʼshmachilik qilayotganligi aniqlanib, H.S.dan 50.000 soʼm pullar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. TIIB TB tomonidan H.S.ga nisbatan Oʼz.R JKning 131-m 1-q bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.