7 May 2021 yil 300

Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan "Temir yoʼllarda xavfsiz kun" profilaktik tadbirlari olib borilmoqda


“Chorshanba – Temir yoʼllarda xavfsizlik kuni” munosabati bilan temir yoʼl infratuzilmalarida xavfsizlikni taʼminlash, har xil baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, temir yoʼl yaqinida joylashgan maktab va mahallalarda koʼrgazmali qurollar asosida tashkil etilgan targʼibot tadbirlarida poezdlarning harakati vaqtida yaqiniga kelmaslik, mol va boshqa chorva mollarini belgilangan hududlarda boqmaslik, vagonlarga tosh otmaslik borasida targʼibot ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, yaqinda Dehqonobod tumanidagi 2-33-88-sonli maktablarda tashkil etilgan tadbirlarda yuqoridagi kabi holatlarning oldini olish borasida maktab oʼquvchilari va oʼqituvchilari hamda mahalliy aholi vakillariga koʼrgazmali qurollar va jonli misollar asosida tushuntirish targʼibot ishlari olib borildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
А.Joʼlanov,
Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB
HPG inspektori katta leytenant

Text to speech