8 Oktyabr 2020 yil
729
Qashqadaryo viloyat IIB HPB tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Probatsiya roʼyxatida turganlar uchun Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda ayni paytda ish bilan band boʼlmagan fuqarolarga mavjud ish oʼrinlari taklif etildi. Tabiiyki, aholi bandligining taʼminlanishi jamiyatda turli koʼrinishdagi huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Shuni inobatga olgan holda joylarda jinoyatga moyil shaxslarni mehnatga jalb etish va tushuntirish ishlarini olib borishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.