27 Aprel 2021 yil
583
Qarshi tumanidan qidiruvdagi shaxs ushlandi
Jinoyat sodir etildimi, jazo muqarrar. Аmmo ayrim shaxslar jazodan qochib qutulmoqchi boʼlishadi. Bilmaydiki, bu bilan qochoqning bir aybi ikkita boʼladi. Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ikita moddasida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan Qarshi tumanida yashovchi T.L. 2021 yil 24 aprelь kuni Qarshi tumani IIB xodimlari tomonidan tuman hududidan ushlandi.
Hozirda “qochoq” T.L. ning oʼn uch kunlik “erkinligi” unga yana bir modda boʼyicha javobgarlikni yuzaga keltirdi.