25 Mart 2021 yil 634

Qarshi shahrining "Gungon" mahallasida "Oila muqaddas" shiori ostida oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi

Unda shahar Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boʼlimi masʼullari, mahalla faollari, ibratli oilalar vakillari, nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida oilaviy ajrimlarning oldini olish, ajrim yoqasidagi oilalarni toʼgʼri yoʼlga boshlashda mahalla faollari va nuroniylarning oʼrni muhim ekanligi taʼkidlandi.

Tadbirda ibratli oilalar vakillari turli nominatsiyalar boʼyicha taqdirlanib, ularga esdalik sovgʼalari topshirildi.

Text to speech