9 Aprel 2021 yil 416

Qaror mohiyati tushuntirildi


Qarshi shahrida viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar va maxsus tayyorgarligini oshirish boʼyicha oʼquv yigʼini boshlangani haqida xabar bergan edik. Yaqinda oʼquv yigʼinida ishtirok etayotgan viloyat IIB xodimlarining qurolni saqlash va foydalanish borasidagi bilim va malakalarini oshirish maqsadida boshqarma PPX va JTSB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik J.Toshev va Nazorat-litsenziya faoliyati guruhi xodimlari ishtirokida yigʼilish tashkil etildi. Unda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 dekabr kunidagi “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga tushuntirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech