3 Fevral 2023 yil 378

Qaror mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazildi

Muhtaram Prezidentimizning 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son qarori talablari Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibiga yetkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Solijon Ernazarov va katta o‘qituvchi podpolkovnik Murtoza Achilov, Qashqadaryo viloyat IIB KTB boshlig‘i podpolkovnik Komil Nazarov, Ko‘kdala tuman IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan IIV ishchi guruhi mas’ullari PQ-10-sonli Qaror mazmun-mohiyatini xodimlarga atroflicha tushuntirdi.                                                                                                                                                                                                                                                                IIV ishchi guruhi mas’ul xodimlari tomonidan ishtirokchilarni savollariga javoblar berildi.

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Text to speech