Qaror ijrosi amalda
Yakkabogʼ tumani IIB MvaFRB hamda tuman IIB 19-sonli IIB IMvaFRG xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi xukumatining ayrim qarorlariga chet davlat fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasida boʼlishi tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʼzgartirishlar kiritish toʼgʼrisida”gi 549-sonli Qaroriga hamda 1996 yil 21 noyabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan ”Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʼzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi”ni 65-bandi oʼz kuchini yoʼqotgan deb belgilandi.
Shu munosabat bilan mazkur qaror talabiga koʼra xorijiy davlatlardan turli maqsadlarda maʼlum muddatga vizasiz, elektron va turistik viza bilan kelgan va bugungi kunda vaqtinchalik qayd muddati tugagan xolatda Yakkabogʼ tumanida vaqtincha yashab kelayotgan chet el fuqarolarini Oʼzbekiston Respublikasi xududidan 2021 yil 10 sentyabr kuniga qadar chiqib ketishlarini, shu oʼrinda ularni qabul qilgan xonadon egalari hamda korxona, tashkilot rahbarlari bunday toifadagi chet el fuqarolarini respublikamiz hududidan chiqarib yuborish choralarini koʼrishlari lozimligi belgilangan.
Shuningdek, mazkur qaror talabiga koʼra, Yakkabogʼ tuman IIB M va FRB xamda Yakkabog tuman IIB 19-son IIB IMvaFRGtomonidan tuman hududida ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni tuman hududida noqonuniy kirib kelishlari, boʼlishlari va yashashlarini oldini olish maqsadida tuman hududida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan,1969 yil 27 aprelda Rossiya Federatsiyasida tugʼilgan va Rossiya Federatsiyasi fuqarosi boʼlgan Julidova Yelena Nikolaevna 2021 yil 7 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasidan Oʼzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Yakkabogʼ tumani Sharsharbogʼot qishlogʼida yashovchi tanishi Xurramov Davron Imomovich yashash xonadoniga mexmonga kelgan boʼlib, 2021 yilning 13 sentyabriga qadar vaqtincha pasport qaydidan oʼtmasdan yashab kelgan boʼlib, u ushbu hatti-harakati bilan MJtKning 225-moddasi 1-qismi talabini buzganligi uchun unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) barobari miqdorida jarima jazosi qoʼllanildi.
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʼ tumani Sharsharbogʼot qishlogʼida yashovchi, 1963 yil 1 martda Yakkabogʼ tumanida tugʼilgan, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi Xurramov Davron Imomovich oʼziga tegishli boʼlgan yashash xonadoniga 1969 yil 27 akprelda Rossiya Federatsiyasida tugʼilgan va Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Julidova Yelena Nikolaevna 2021 yil 07 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasidan Oʼzbekiston Respublikasiga kelganligi, lekin 2021 yilga 13 sentyabrga qadar vaqtincha pasport qaydidan oʼtkazmasdan yashashiga shart-sharoit yaratib berganligi va u MJtKning 225-moddasi 5-qismi talabini buzganligi uchun unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 10 (oʼn) barobari miqdorida jarima jazosi qoʼllanildi.
Tuman IIB MvaFRB hamda tuman IIB 19-sonli IIB IMvaFRG xodimlari tomonidan kelgusida bu kabi holatlarga yoʼl qoʼymaslik uchun hududlarda targʼibot va tashviqot ishlari davom etmoqda.