17 Dekabr 2021 yil
491
Qabulda muammolar tinglandi
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuxratjon Satvoldiev boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida qabul oʼtkazdi. Qabulda boshqarma sohaviy xizmatlar rahbarlari va 11 nafar fuqarolar ishtirok etdi.
Murojaatlarning asosini ichki ishlar organlariga ishga kirish, shuningdek, tergov, YHXB va tergov xizmati xodimlarining xizmat faoliyatiga oid masalalar tashkil etdi.
Sayyor qabulda fuqarolardan tushgan murojaatlar oʼrganish uchun vaqt talab etgani bois nazoratga olindi.