21 Dekabr 2020 yil
1398
Psixotrop va taqiqlangan dori darmonlar
“Tarkibida narkotik moddalari boʼlgan va psixotrop dori-vositalari hamda kuchli taʼsir etuvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish oyligi” doirasida Qarshi davlat universitetida talabalar va oʼqituvchilar ishtirokida tadbir tashkil etilib unda hozirgi kunda "Psixotrop va taqiqlangan dori darmonlarni (tramadol, lirika, tropikamed va hokozo)" vositalarini istemol qiluvchilar soni toboro ortib borayotganligi sababli yoshlarga giyohvand va psixotrop moddalar bilan bogʼliq jinoyatlar uchun javobgarlik va giyohvand moddalar savdosi, saqlash va tarqatish bilan bogʼliq qonunbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va mohiyati xususida soʼz yuritildi.