16 Mart 2021 yil 582

Profilaktik ishlar samarasi

Qashqadaryo viloyati xududida oʼtkazilayotgan “Аrsenal” xamda “Tozalash-Аntiterror” tezkor profilaktik tadbirlari davomida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, oʼq-otar quroli bilan bogʼliq noxush holatlarni oldini olish va jamoat tartibini saqlash maqsadida, Kitob tuman IIB JTSG inspektori katta serjant А.Аzizov va HPB profilaktika inspektori katta leytenant А.Xalimovlar tomonidan olib borilgan targʼibot-tashviqot ishlari natijasida Kitob tuman Tevaboshi MFYda yashovchi R.F bir nilli 16 kalibrli, raqamsiz, oʼqotar ov qurolini stvol qismini topib olib, oʼz ixtiyori bilan topshirdi.  

Profilaktik tadbirlar va targʼibot va tashviqot ishlari viloyat miqyosida davom etmoqda.

Text to speech