8 Dekabr 2022 yil 373

Profilaktika inspektorlari va psixolog-inspektorlarning kasbiy mahorati oshirildi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 1-5 dekabr kunlari ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari va psixolog-inspektorlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari o‘z yakuniga yetdi.

O‘quv mashg‘ulotlarida IIV JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, vazirlik Akademiyasi mas’ul xodimlari va Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari profilaktika inspektorlari va psixolog-inspektorlarning fuqarolar bilan muloqot madaniyatini oshirish hamda kundalik xizmat faoliyati davomida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishini oldini olish maqsadida amaliy va nazariy dars mashg‘ulotlari o‘tishdi.

Ochiq muloqot,  savol javoblar ruhida kechgan o‘quv mashg‘ulotlarida viloyatning shahar-tuman IIBlarida xizmat qilayotgan profilaktika inspektorlari va psixolog-inspektorlarning tajribasi, bilim va malakasi boyitilib, kasbiy mahorati oshirildi.

Text to speech