23 Aprel 2022 yil 650

Sportning “Sambo” turi boʼyicha Qashqadaryo viloyat IIB birinchiligi musobaqasi oʼtkazildi

        Ichki ishlar vazirining joriy yil 25 martdagi farmoyishiga binoan, shu yilning 2 aprelidan 2 may kuniga qadar mamlakatimizning barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” oʼtkazilmoqda. Oylik rejasiga asosan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi sport zalida boshqarma Kasbiy tayyorgarlik boʼlimi taqvimiy rejasiga binoan ichki ishlar organlari xodimlari oʼrtasida sportning sambo turi boʼyicha musobaqasi boʼlib oʼtdi. Unda boshqarma sohaviy xizmatlar va Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va shahar-tuman ichki ishlar boʼlimlari xodimlaridan tashkil topgan jamoalar va polvonlar ishtirok etishdi.

        Musobaqani Kasbiy tayyorgarlik boʼlimi boshligʼi, podpolkovnik Komil Nazarov ochdi. Besh vazn toifasida oʼzaro bellashgan polvonlar bor mahorat va tajribalarini ishga solib gʼoliblik uchun kurashdilar. Musobaqada har bir vazn boʼyicha gilamga chiqqan polvonlar orasida yangi sportchilar kashf etildi. Аyniqsa, bunda boshqarma Jinoyat qidiruv boʼlimi, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi, patrul post xizmati batalьoni, Jazoni ijro etish departamenti, moliyaviy taʼminot xizmati va tuman ichki ishlar boʼlimi polvonlari ana shular jumlasidan.   Musobaqaning 71 kg IIV akademiyasi kursanti Ibragimov Shaxzod, 79 kg TVBSO xodimi katta serjant Togʼaev Javlon va 88 kg viloyat IIB Kasbiy tayyorgarlik xodimi leytenant Saidov Rustam 98 kg TVBSO xodimi kichik serjant Xolyorov Botir gʼoliblikni qoʼlga kiritdilar.  

       Samboning + 98 kg vaznda Kamashi tumani IIB xodimi katta leytenant Xurramov Qaxramon mutlaq gʼolib boʼldi. Navbatdagi sovrinli oʼrinlarni Jinoyat qidiruv boʼlimi, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi, patrul post xizmati batalьoni, moliyaviy taʼminot xizmati va tuman ichki ishlar boʼlimlari band etishdi. Umum jamoa hisobida birinchi oʼrinni Viloyat IIB jamoasi, ikkinchi oʼrinni Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi jamoasi, Koson tumani IIB jamoasi uchinchi oʼrinni band etdi.  

         Gʼolib polvonlar va jamoalarga viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining diplomlari va qimmatbaho esdalik sovgʼalari topshirildi.

Text to speech