Paxta oʼramidagi 16.000.000 soʼmlik tilla taqinchoqlar
Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIBga 2021 yil 27 aprelь kuni shaharning “Qoʼrgʼoncha” MFYda yashovchi uy bekasi B.D. ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil sentyabrь oyi oʼrtalarida yashash uyiga Shahrisabz tumanida yashovchi B. F. va Q.G.lar kelib, “yashash uyingizga falokat kelayapti, uni yoʼq qilib beraman” deb aldab, tilla taqinchoqlarni olib chiqib berishini soʼragan. Bu gaplarga ishongan B.D. ularga yashash uyidagi bozor bahosi 16.000.000 soʼmlik har xil tilla taqincholarini olib chiqib beradi. B.F va Q.G. lar tilla taqinchoqlarni olib, ularni paxtaga oʼrab, “uch kundan soʼng ushbu paxta oʼramini ochib taqinchoqlaringizni olasiz, falokat ariydi” deb ketishgan. Oradan uch kun oʼtgach B.D. paxta oʼramini ochib tilla-taqinchoqlar oʼrniga tosh boʼlagi turganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.