16 Iyul 2023 yil 4400

Diqqat e`lon

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga (serjantlar tarkibini tayyorlash dasturi asosida) o‘qishga nomzodlar tanlovi e’lon qilinadi.

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishiga bo‘yi 175 sm past bo‘lmagan, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati”, yo‘nalishiga bo‘yi 170 sm past bo‘lmagan, “Pasport tizimini ta’minlash” hamda “Maxsus operatsiyalarini amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishlariga bo‘yi 165 sm past bo‘lmagan, o‘qishga oliy ma’lumotli (fakultet yo‘nalishlariga nomzodlarni oliy ta’lim muassasasini tugatgan mutaxassisligi inobatga olingan holda ichki ishlar organlari uchun belgilangan talablar asosida qabul qilinadi) yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, muddatli harbiy yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan Qashqadaryo viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan nomzodlar ishtirok etishlar mumkin.

  • Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:
  • biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;
  • harbiy guvohnoma;
  • oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomi;
  • nomzod tomonidan qo‘lda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
  • anketa (o‘zi va yaqin qarindoshlari to‘g‘risida ma’lumot).

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish istagi bo‘lgan nomzodlar 2023 yilning 15 iyul kunidan 15 avgust kuniga qadar soat 09.00 dan 18.00 gacha IIV Qashqadaryo Akademik litseyiga quyidagi hujjatlarni aslini taqdim etgan holda murojaat etishlari mumkin:

 

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi 6-uy.

Ma’lumot uchun telefon: (75) 227-22-89, 224-41-95

Text to speech