9 Aprel 2021 yil 418

Oʼzbegim qadiryatlari

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tasarrufidagi “Yulduzcha” maktabgacha taʼlim tashkilotida sohibqiron, buyuk davlat arbobi va ilm-maʼrifat homiysi Аmir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan “Oʼzbegim qadiryatlari” mavzusida badiiylashtirilgan tadbir boʼlib oʼtdi. Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, ota-onalar, keng jamoatchilik va OАV vakillari ishtirok etishdi.

Аmir Temurning betakror davlat boshqaruvchisi boʼlish bilan birga oʼzlikni anglash, oʼzbek milliy anʼana va qadriyatlarini tiklagan madaniyat va maʼrifat homiysi, kuchli siyosatchi sifatida jahonda nom qoldirganini  tadbirda soʼz olgan viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari podpolkovnik H.Roʼziboev eʼtirof etdi.

“Kim qudratimizga shubha qilsa, biz qurdirgan imoratlarga boqsin” deya Аmir Temur bejizga taʼmidlamagan. Zero, sohibqiron davrida bunyod etilgan betakror meʼmoriy obida va binolar, xonaqolar hanuz oʼz salobatini yoʼqotmagan. 

Text to speech