Oʼz uyida qimorxona tashkil qilgan fuqaro qoʼlga olindi
Yakkabogʼ tumani Аlakoʼylak MFYda yashovchi N.K 2020 yil 02-yanvarь kuni soat 19:00 larda oʼzining yashash uyida oʼzi bilan bir qishloqda yashovchi T.J, T.Sh, Sh.А, T.F, А.B, P.Sh hamda Shahrisabz tumanida yashovchi O.Sh, Shahrisabz tumanida yashovchi А.N, Shahrisabz shahrida yashovchi N.А va Shahrisabz shahar Sariosiyo MFYda yashovchi X.Sh.larni tavakkalchilikka asoslangan qimor oʼyinini tashkil qilgan. Hodisa sodir boʼlgan joydan 956.000 soʼm pullar va 74 dona oʼyin kartalari hamda toʼrt dona karta qutilari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan Yakkabogʼ tumani IIB XPB TP profilaktika inspektori leytenant S.Sh tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, jinoyat ishini qoʼzgʼatishni rad qilish va maʼmuriy chora koʼrish uchun sudga yuborish toʼgʼrisida qaror qabul qilingan. Toʼplangan hujjatlar Yakkabogʼ tuman maʼmuriy sudi tomonidan qoʼshimcha surishtiruvga qaytarilgan. Toʼplangan hujjatlar Yakkabogʼ tuman prokurori tomonidan oʼrganib chiqilib, K.N.ga nisbatan Oʼz.R JKning 278-m 1-q bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.