31 Mart 2023 yil
535
O‘z mahalladoshini tunagan o‘g‘ri
2023 yil 30 mart kuni Koson tumani “Paxtazor” mahallasida yashovchi fuqaro akasining uyidan 2 dona tikuv mashinasi, bir dona muzlatkich matori va ro‘zg‘or uchun ishlatiladigan idish tovoq va boshqa buyumlari noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB va boshqarma PPX JTSB PPX batalyoni 1-tumanlararo xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida o‘g‘irlik jinoyatini tumani “Paxtazor” MFYda yashovchi fuqaro sodir etganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.