20 Aprel 2022 yil
562
Hovlisiga 9 tup kannabis yetishtirgan shaxs qo‘lga tushdi
2022 yil 15 aprel kuni Koson tumani IIB XPB TP profilaktika katta inspektorlari tomonidan, shu kuni soat 09:30 larda, Koson tumani “Аraliq” MFYda yashovchi K.Gʼ.ning yashash uyi koʼzdan kechirilganda, uning tomorqasidan jami 9 tup, sof ogʼirligi 251 grammga teng “KАNNАBIS oʼsimligi” hamda K.Gʼ.ning oʼzining yashash uyidan bir dona spichki yozuvli gugurt qutisi ichida sof ogʼirligi 2,6 grammga teng “marixuana” giyoxvandlik vositasi borligi aniqlanib tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Koson tuman IIB huzuridagi TB tomonidan K.Gʼ.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan