30 Sentyabr 2024 yil 421

Ovchilar bilan profilaktik tadbir

Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB nazorat litsenziya, ovchilik va baliqchilik sport birlashmasi va ekologiya boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Yakkabog‘ tumanida IIB ro‘yxatida turuvchi shaxsiy o‘qotar ov qurol egalari bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda quroldan to‘g‘ri foydalanish, olib yurish va saqlash qoidalariga rioya qilish hamda kelgusida qurol bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olish yuzasidan tushunchalar berilib, O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 27 avgust kunidagi 946-sonli qonuni mazmun- mohiyati, yangiliklar ovchilarga tushuntirildi.

Text to speech