Ombudsmanning Qashqadaryodagi vakili mahkumlar bilan uchrashdi
Joriy yilning 16 sentyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov Qarshi shaxridagi 3-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Аniqlanishicha, ushbu muassasa 2000 oʼringa moʼljallangan boʼlib, hozirda unda 845 nafar mahkum saqlanmoqda.
Monitoring davomida 3-son JIEKda jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlarning yashash va ovqatlanish sharoitlari bilan tanishilganda, mahkumlar yotoqxonalari taʼmir talab ekani, muassasa oshxonasi taʼmirlanayotganligi sababli mahkumlarga ovqat tayyorlashda gigiena qoidalariga amal qilishda kamchiliklarga yoʼl qoʼyilayotgani aniqlandi va ularni bartaraf etish boʼyicha tavsiyalar berildi.
Mahkumlarning mehnat sharoitlari oʼrganilganda kamchiliklar koʼzga tashlanmadi. Аniqlanishicha, mahkumlarning 60% ish bilan taʼminlangan. Qolgan katta yoshdagi va betob mahkumlar esa ishga jalb qilinmayotgani aytildi.
Oʼrganish davomida 10 nafar mahkum bilan yakkama-yakka tarzdagi suhbatlar va jamoaviy uchrashuv oʼtkazildi.