OYLIK DOIRASIDA YIG‘ILISH
Shahrisabz tumanida ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Probatsiya oyligi” doirasida “Hamkor” maxsus profilaktik tadbiriga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tuman IIB mas’ullari, Oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar o‘tkazilayotgan oylik doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, axloqan tuzalishi uchun barcha birdek mas’ulligi borasida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berildi.
Mahallalarda bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ijrochilarning hisobotlari tinglanib, tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.