14 May 2022 yil 388

Oila tinchligi – jamiyat farovonligi asosi


Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Oila tinchligi – jamiyat farovonligi asosi” mavzusida “Maʼrifat darsi” boʼlib oʼtdi. Unda viloyati hokimi oʼrinbosari - viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi, boshligʼi viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirok etdi. Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari polkovnik Olimjon Аbdullaev ochdi.
- Oila – muqaddas qoʼrgʼon. Buyuk allomalarimiz oilaga katta eʼtibor qaratib, uning mustahkamligini taʼminlash, asrab-avaylash borasidagi hayotiy xulosalarini ibratli hikoyat-u rivoyatlar, farzandlarga maktublar, hikmatli soʼzlar, sheʼriy satrlar, pand-nasihatlar shaklida yozib qoldirgan, - dedi boshqarma boshligʼi oʼrinbosari polkovnik Olimjon Аbdullaev. - Xususan, Mahmud Koshgʼariy, Ahmad Yugnakiy, Kaykovusdan tortib, Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʼbek singari buyuk zotlar oʼz asarlarida oilaviy masalalar, xususan, undagi munosabatlar, farzand tarbiyasida ota-ona, bobo-buvining oʼrni, komil va vatanparvar shaxsni tarbiyalashda bu qoʼrgʼonning ahamiyati beqiyosligini eʼtirof yetgan.
Odob-axloqi goʼzal, jismonan va maʼnan yetuk avlodni tarbiyalashning yagona yoʼli – barqaror oila qurish ekanini, oilani mustahkamlamasdan turib, davlat va jamiyat taraqqiyotiga erishib boʼlmasligini Mahmudxoʼja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Choʼlpon, Munavvarqori Abdurashidxonov singari maʼrifatparvarlarimiz ham alohida taʼkidlagan.
Tadbirda soʼzga chiqqan viloyat hokimi oʼrinbosari - viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʼi Komila Karomova yurtimizdagi soʼnggi yillardagi oʼzgarishlar, yangilanishlar silsilasida ajdodlardan meros anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biriga aylandi,- dedi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlar har bir oila va har bir insonning turmush farovonligini, fuqarolar totuvligini mustahkamlashdek ezgu maqsadlarga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasida ayollarga munosib sharoit yaratish, ularning tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash masalasi eng muhim yoʼnalishlardan biri sifatida belgilandi.
Bugun biz yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda, Uchinchi Renessans poydevorini qurish, jamiyatda yangi maʼnaviy makon yaratish haqida gapirar ekanmiz, bu ishlarni oila, onalar maʼnaviyati bilan uzviy amalga oshirishimiz zarur. Zotan, maʼnaviyati yuksak insonlarda oilaga, uning mustahkamligini asrashga fidoyilik kuchli boʼladi.
Yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart kunidagi
“Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʼtarish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonining mazmun-mohiyati xususida boshqarma MMI va KBTX bosh inspektori kapitan S.Ostonov maʼruza qildi.
Viloyat IIB TB YuTB katta yuriskonsulьti kapitan E.Normanov yigʼilish qatnashchilariga Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligidagi yangiliklar, oʼzgarish va qoʼshimchalar bilan tanishtirdi.

Text to speech