15 Noyabr 2021 yil 483

Qoidabuzar haydovchiga chora ko‘rildi

 

Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanidagi markaziy dehqon bozori atrofida harakatlanib ketayotgan Matiz haydovchisining bir piyodaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni haqoratlagani aks etgan video tarqaldi. Shu munosabat bilan Kitob tumani IIB YXHB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv tadbirlarini amalga oshirildi. Olib borilgan qidiruv jarayonlarida qoidabuzar haydovchi aniqlanib, shaxsiga aniqlik kiritildi. O`rganishlar davomida videodagi fuqaro Kitob tumani "Alaqo`yliq" MFYda tug`ilgan 20 yoshli B.A bo`lib chiqdi. Unga qonunda ko`rsatilgan tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Text to speech