20 Sentyabr 2021 yil 438

Oʼgʼri tanish xonadonidan oʼgʼirlik qildi

Koson tumani “Regzor” MFYda yashovchi uy bekasi Gʼ.D. shu yilning 13 sentyabrь kuni tushlikdan soʼng uyiga kelib, ustaxonasidagi jihozlari yoʼqligini bildi. Narsalarini koʼzdan kechirib, 1 dona akfa romlarini kesish uskunasi, 1 dona perforatori, 1 dona drell moslamasini va 1 dona “TCH tools” rusumli frezer uskunalarini kimdir oʼgʼirlagan.
Holat yuzasidan jabrlanuvchi Koson tuman IIBga ariza berdi. Ichki ishlar organlari xodimlari olib borgan surishtiruvlar natijasida tumanning “Ravot” MFYda yashovchi S. Oʼ. Mazkur jinoyatni sodir etgani aniqlanib, undan ish qurollari daliliy-ashyo sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Text to speech