20 Iyul 2022 yil 295

O‘g‘irlangan sigir qo‘shni mahalladan topildi

2022 yil 16 iyul kuni Kitob tuman IIBga tumanning “Tupchoq” MFYda yashovchi B.A. murojaat qilib, shu kuni soat 13:00 larda dalaga bog‘lab qo‘ygan sigiri yo‘qolganini ma’lum qilgan.

Kitob tuman IIB xodimlari olib borgan surishtiruvlar davomida sigirni qo‘shni “Saroy” MFYda yashovchi J.X. o‘g‘irlab, “Oq suv” MFYda yashovchi Q.M.ga sotganligi aniqlanib, sigir tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi TB tomonidan J.X. ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech