Odam savdosiga qarshi kurashish boʼyicha hududiy komissiya va nodavlat notijorat tashkilotlarining odam savlosiga karshi kurashish buyicha xamkorligini jadallashtirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi
Odam savdosiga qarshi kurashish boʼyicha hududiy komissiya va nodavlat notijorat tashkilotlarining odam savlosiga karshi kurashish buyicha xamkorligini jadallashtirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi
Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazining Qashqadaryo viloyat boʼlimi hamda Qashqadaryo viloyati IIB odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʼlimi bilan hamkorlikda, Qarshi shahridagi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʼyicha viloyat hududiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan 2021 yilning 4 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar muxokamasi yuzasidan navbatdagi davra suhbati oʼtkazildi. Davra suhbati kun tartibidagi asosiy masalalar koʼrib chiqildi. Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazining Qashqadaryo viloyat boʼlimi raxbari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.02.2021 yildagi “Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yoʼnaltirish tizimini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 60-sonli Qarorini va Odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish boʼyicha milliy huquqiy normativ hujjatlar taqdimoti orqali ishchi guruhga yetkazib berdi. Ishtirokchilar tomonidan, odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni tezkor, sifatli va malakali yordam koʼrsatilishiga hamda himoyaga olishga yoʼnaltirishga qaratilgan vazifalarni ijrosi yuzasidan, xar oy Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʼyicha viloyat hududiy komissiyasi ishchi guruhi aʼzolari kelib tushgan murojaatlar yuzasidan xisobot berilib borilishi taklif kiritdi. Davra suxbati Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi tomonidan “Huquqni muxofaza qiluvchi organlar, davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati instituti xodimlari salohiyatini oshirish orqali odam savdosi bilan bogʼliq ishlarni tergov qilish va jinoiy javobgarlikka tortishni kuchaytirish” amalga oshirilayotgan loyihasi doirasida tashkillashtirilgan.