Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi
Qarshi shahridagi "Do‘stlik uyi"da
odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya
markazi direktori, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida odam
savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha viloyat
hududiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbir viloyat "Yuksalish"
axborot-maslahat resurs markazi va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari
Milliy Assotsiatsiyasi (O‘zNNTMA) tomonidan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda
tashkil etildi.
Yig‘ilishda odam savdosiga qarshi kurashish
bo‘yicha faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini
faollashtirish orqali noqonuniy mehnat migratsiyasi, odam savdosi,
giyohvandlik, alkogolizm va kashandalikka qarshi kurash kabi masalalar ilgari
surildi.