7 Mart 2023 yil 283

“Nurli maskan” o‘quvchilari xotin-qizlar bayramini munosib nishonlashdi

Yasharish va yashnatish fasli bahorni eng mo‘tabar va munis hilqat onajonlar, opa-singillarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois bahor faslining ilk damlari xotin-qizlar bayrami bilan hamohang kechadi. Jumladan, barcha sohalarda bo‘lgani kabi Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tasarrufidagi 18-sonli “Nurli maskan” maktab-internati o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun Qarshi shahridagi “Farovon” restoranida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va maktab pedagogik jamoasi hamda ikki yuz ellik nafar o‘quvchilar ishtirok etgan tadbirda “Nurli maskan” o‘quvchi qizlariga bayram sovg‘alari ulashildi. Nurli maskan maktab o‘quvchilari tomonidan aytilgan ona Vatanni, xotin-qizlarni madh etuvchi she’rlar bayramga o‘zgacha fayz ulashdi. Vohadagi taniqli san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketgan tadbir bolajonlarning qalbini quvonchga to‘ldirib, ularga olam-olam zavq bag‘ishladi.

Text to speech