6 Fevral 2025 yil
348
"Nurli kelajak” mahallasida tuman IIB boshligʻi tomonidan yoshlar va aholi vakillari uchun sayyor qabul bo'lib o'tdi
Dehqonobod tumani Ichki ishlar
boʻlimi boshligʻi, 3-sektor rahbari Musurmon Boʻriev va mas’ullar ishtirokida
tumanning "Nurli kelajak” mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar va
fuqarolar uchun sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Musurmon Boʻriev qabulda yig'ilgan yoshlar
hamda fuqarolarning murojaatlari va takliflarini tinglab, murojaatlar yuzasidan
mas'ullarga topshiriq va yoshlar hamda fuqarolarga tegishlicha yo'naltirishlar
berildi.
Sektor rahbari tomonidan aholi vakillarini
qiynab kelayotgan muammolar joyiga borib oʻrganildi. Tuman IIB boshligʻi
fuqarolar tomonidan aytilgan murojaatlar soha mas’ullari tomonidan oʻrganib
chiqilib, qonun doirasida ijobiy hal etilishi hamda murojaatlar ijrosi
nazoratda boʻlishini ta’kidladi.