Nobakor o‘g‘il qilmishi
Shahrisabz tumanidagi 74-maktabda “Xalqobod” MFYda sodir etilgan tan jarohati yetkazish jinoyati muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda Shahrisabz tuman IIB rahbariyati, bo‘lim huzuridagi Tergov bo‘limi, mahalla beshligi va faollar hamda jinot sodir etgan shaxsning oila a’zolari ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olganlar jinoyatni sodir etilishiga shart-sharoit yaratgan omillarni atroflicha tahlil etishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tumanni “Xalqobod” mahallasida yashovchi fuqaro muqaddam JIB Shahrsabz tuman sudining 2022 yil 3 noyabrdagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir qilgani uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida, ya’ni 600 ming jarima jazosi tayinlanganidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olmasdan, 2023 yilning 15 yanvar kuni soat 18.00 larda yashash uyida onasi bilan o‘zaro janjal qilib, uni urib tan jarohati yetkazgan.
Muhokama yig‘ilishida bu oiladagilar bundan oldin ham bir-biri bilan nizolashib yurganini mahalla faollari, qarindoshlar bilgani holda bu shaxsning turmush tarzi va oiladagi munosabatlarini o‘rganish ishlariga panja orasidan qaragani tufayli tan jarohati yetkazish jinoyati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgani tanqid ostiga olindi. Fuqarolarning kundalik tashvishi va maishiy muammolari bilan sho‘g‘ullanishi lozim bo‘lgan mahalla beshligi “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlarni amalga oshirishda ularni ogoh va hushyor ish olib borib, bu qo‘shnilar turmush tarzini vaqtida o‘rganganida bu jinoyatning oldi olinardi.
Holat bo‘yicha mutasaddilardan izoh so‘ralib, har bir mahalla faollari o‘z ishini jonlantirishi, zimmasidagi mas’uliyatni his etgan holda faoliyat olib borishi, “Xalqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini beshligi zimmasiga kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish borasida aniq manzilli vazifalar yuklandi.
Bundan keyin bu kabi salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan mutasaddilari oldiga aniq vazifalar qo‘yilib, tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Hozirda o‘zi onasiga tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.