30 Noyabr 2024 yil 631

Nishon tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ushbu yig‘ilishda tuman prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika qilish borasida 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy tarzda ko‘rib chiqildi.

Muhokama jarayonida jinoyatchiliklar sodir etilishi bo‘yicha "qizil hudud"ga tushgan mahallalar va jinoyatchilik oshganligi bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi. 

Yakunda muvofiqlashtiruvchi Kengashning qarori qabul qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi. Yig‘ilishda viloyat prokurori o‘rinbosari O.Qo‘ldoshev ishtirok etdi.

Text to speech