Nishon tumani IIB boshligʻi tomonidan oʻziga biriktirilgan ogʻir toifadagi oilalar ahvoli oʻrganilib, Kambagʻallikdan farovonlik sari gʻoyasi asosida amaliy ishlar amalga oshirilmoqda
Davlatimiz rahbarining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi PF-143-son qarori asosida tumandagi 3-sektor hududiga qarashli “Ibn Sino” mahallasida ogʻir toifa hisoblangan 2 nafar oilalarga moto kultivatorlar topshirildi.
Shuningdek tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi SH.Raxmanov, oʻziga biriktirilgan hamda 3-sektor hududiga qarashli “A.Qodiriy” mahallasida muammolar joyiga borib oʻrgandi.
Xususan sektor rahbari mahalla hududida yashovchi murojaatchi aholi vakillarining xonadonlarida boʻlib, oilaviy sharoitlarini, turmush tarzini koʻzdan kechirdi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan huquqiy tushunchalar berilgan holda masʼullar biriktirildi va ijrosi nazoratga olindi.